Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

QO‘QON YOSHLARI SPORT BILAN

Kuni kecha Qo‘qon shahrida Farg‘ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi Qo‘qon shahar IIO FMB va prokuraturasi bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida velomarafon tashkil etildi.

Shahar hokimligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni doirasida 200 ga yaqin ishtirokchilar qatnashib, ular 8500 metrlik masofani bosib o‘tdilar.

Marafon davomida ishtirokchilarning xavfsizligi Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan taʼminlanib, tadbir so‘ngiga qadar nazoratda bo‘ldi.

Qo‘qon shahrining markaziy ko‘chalarini kezib o‘tgan velosipedlar kolonnasi, ishtirokchilarning mahorat bilan velosipedlarni boshqarishi musobaqaga muxlislik qilayotgan barcha kuzatuvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, tadbir sog‘lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish bilan bir qatorda ishtirokchilarni Qo‘qon shahri bilan yaqindan tanishtirish, o‘zaro birodarlik rishtalarini bog‘lashdek ezgu maqsadlarga xizmat qildi.

Text to speech