Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat vazifasini o‘tab kelayotgan harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolari bilan “Sog‘lom oila-farovon hayot asosi” shiori doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar qatorida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar ham tashkillashtirildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat vazifasini o‘tab kelayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolarining ijtimoiy himoyasi qo‘mondonlikning doimiy nazoratida.
Joriy haftada Milliy gvardiya markaziy devoni masʼullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida bo‘lib, ushbu hududda yashovchi harbiy xizmatchi va xodimlarning turmush tarzi bilan yaqindan tanishdilar.
“Sog‘lom oila-farovon hayot asosi” shiori doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar qatorida Qo‘ng‘irot tumani Tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.