Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida bo‘lib o‘tayotgan sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha “World total kombat Federation” yo‘nalishi bo‘yicha professional sportchilar o‘rtasidagi Xalqaro turniri yakunlandi

Mazkur Xalqaro musobaqaga dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan professional sportchilarga qarshi hamyurtlarimiz ishonchli janglar olib borishdi.

Xususan, 55 kg vazn toifasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Jahon (2021)chempioni Maftuna Quvondiqova Rossiyalik raqibi Diana Saadullayeva ustidan ishonchli g‘alaba qozondi.

60 kg vaznda IIV xodimi Jahon chempionati (2021) sovrindori Shahboz Tursunov Rossiyalik sportchi Arsen Mutachayevga qarshi ringga chiqib qo‘li baland keldi.

65 kg vazn toifasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Xalqaro turnirlar sovrindori Nurpeys Karlibayev Ozarbayjonlik sportchi Ruslan Mammadovni mag‘lubiyatga uchratdi.

70 kg vaznda IIV xodimi Jahon (2021) chempioni Olim Normurodov Ukrainalik raqibi Yevgeniy Mkrtchan ustidan g‘alaba qozondi.

75 kg vazn toifasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Xalqaro turnirlar(2019-2021 yy) g‘olibi Sherzod Jumanazarov Kamerunlik sportchi Tonleu Nguyefak ustidan g‘alaba qozondi.

75 kg vaznda IIV xodimi Jahon chempionati (2021) sovrindori Jaxongir Jumayev ham Belorusiyalik raqibi Yuriy Bubachkin ustidan g‘alaba qozondi.

Nufuzli Xalqaro musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan barcha sportchilarimizni samimiy muborakbod etib kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz.

Text to speech