Respublika harbiy prokuraturasi hamda Toshkent viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamkorligida Nurafshon shahrida joylashgan Yoshlar markazida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.
Respublika harbiy prokuraturasi hamda Toshkent viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan Nurafshon shahrida joylashgan Yoshlar markazida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.
Unda 2023-2024-yillarda muddatli harbiy xizmatni oʻtab kelgan yoshlarni muammolarini oʻrganish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida sayyor qabul va boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi boʻlib oʻtdi.
Qabulda ishtirok etgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga masʼullardan javob olishdi. Xususan, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashish, zamonaviy kasb-hunar egallash hamda oliy o‘quv yurtlarida bilim olish bo‘yicha kerakli tavsiya va takliflar berilib, bir nechta murojaatlar joyida hal etildi.