Respublikamiz bo‘ylab jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va kriminogen vaziyatni yaxshilash orqali aholining osuda hayotini taʼminlashga qaratilgan “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari hamkor vazirliklar tomonidan kuchaytirilgan holda davom ettirilmoqda Jinoyatlarni jilovlash va jamoat xavfsizligini taʼminlashning yangi tizimi amalda.
Joriy yilning, 14 sentyabr kuni Navoiy shahrida viloyat prokurori b.Axmedov, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.Tasbayev va Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i b.Toirovlar boshchiligida Navoiy shahri hududida “Xavfsiz hudud” tadbiriga jalb qilingan Ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari, Prokuratura va Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan tungi tezkor yo‘riqnomasi o‘tkazildi.Bunda, Respublikamiz bo‘ylab jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va kriminogen vaziyatni yaxshilash orqali aholining osuda hayotini taʼminlashga qaratilgan “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari kuchaytirilishiga alohida eʼtibor qaratilib, bu boradagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. Mutasaddi rahbarlar tomonidan tungi vaqtda bo‘linmalarining hamkorlikdagi faoliyati, jamoat tartibini saqlash borasida ajratilgan kuch vositalarning taqsimoti hamda chaqiruvga asosan sohaga oid tezkor guruhlarning haraktlari ko‘zdan kechirildi.