Respublika ishchi guruhi Jizzax viloyatida yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy kasb-hunar egallash hamda xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida hududlarda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda.
Mazkur tashrif doirasida Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Xususan, Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasida xizmat qilayotgan muddati harbiy xizmatchilar uchun kasb-hunar o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilgani alohida e’tirof etildi.
Ta’kidlash joizki, ushbu o‘quv kurslari davomida harbiy xizmatchilar turli yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy kasb-hunar ko‘nikmalarini egalladi. Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan muddati harbiy xizmatchilarga sertifikatlar Alisher Sa’dullayev boshchiligida tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur tashabbus yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga o‘qitish hamda xizmatdan keyingi hayotga puxta tayyorlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.