“Yosh gvardiyachilar” harbiy sport musobaqasining Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat bosqichlari oʻtkazilmoqda. / /Muddatli harbiy xizmatchilar bilan o'q otish va maxsus tayyorgarlik mashgʻulotlari olib borilmoqda. / / Milliy gvardiya tizimida maʼnaviy – maʼrifiy ishlarni tashkil etishni yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan oʻquv seminari o’tkazildi. / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida uchuvchisiz uchish apparatlari mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha navbatdagi oʻquv yigʻini yakunlandi. / / Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtashga bel bogʻlagan yosh askarlar Vatanga qasamyod qilishdi. / / Milliy gvardiya faoliyatiga doir 2025 yil uchun belgilab olingan ustuvor vazifalar ijrosiga qaratilgan navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat yig‘ilishi o‘tkazildi. / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti Kinologiya xizmati jamoasi “Oʻzbekiston сhempionati – 2025” koʻrgazmasida turli nominatsiyalar boʻyicha faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / /   Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

Respublikamiz boʻylab 9-may - Xotira va qadrlash kuni bayrami keng nishonlanayotgan ayni kunlarda Sirdaryo viloyatida Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan oʻquv markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni tomonidan Qurolli Kuchlarimizning jangovar shayligini taʼminlash, jangovar tayyorgarlik koʻrsatkichlarini yanada takomillashtirish borasida belgilab bergan ustuvor vazifalari hamda mazkur yoʻnalishlarda Milliy gvardiya faoliyatiga oid Farmon va Qarorlarda koʻrsatilgan talablar asosida Sirdaryo viloyatida Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan oʻquv markazi yangidan qad koʻtarib, kuni-kecha ochilish marosimi oʻtkazildi.
Mazkur tantanali tadbir 9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida tashkillashtirilib, unda Milliy gvardiya qoʻmondoni general-mayor R.Djurayev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati vakili Q.Zoitov, Sirdaryo viloyati hokimi oʻrinbosari F.Raximov, Nuroniylar kengashi raisi U.Abdiyev, viloyat prokurori S.Ismatov, Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi F.Haydarov, Harbiy okrug qoʻmondonligidan M.Aglayev, Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasi boshligʻi M.Sadullayev, Guliston shahar hamda Mirzobod tumani hokimiyati va huquq tartibot idoralari rahbarlari, shuningdek markazning professor-oʻqituvchilari hamda keng jamoatchilik ishtirok etishdi.
Tadbir davomida, Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan oʻquv markazi Davlatimiz rahbarining 2018 yil 21 fevral kunidagi PF-5356-son Farmoniga asosan tashkil etilgani yodga olinib, Markaz nafaqat Milliy gvardiya balki Qurolli Kuchlar tarkibidagi maxsus boʻlinmalari boʻlgan Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qoʻshinlari, Prezident Davlat xavfsizligi xizmatining harbiy xizmatchi va xodimlarini 23 ta yoʻnalishda qayta tayyorlab, malakasini oshirib kelayotganligi, xususan shu kunga qadar 11 mingga yaqin tinglovchilar oʻqitilgan boʻlib, oʻtgan 2024 yilning oʻzida 2 mingga yaqin, harbiy xizmatchi va xodimlarining malakasi oshirilgani va qayta tayyorlangani taʼkidlab oʻtildi.
Shuningdek, yangi faoliyatini boshlagan ushbu Markaz, Kuch tuzilmalarining hamkorligini yanada mustahkamlab, professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga koʻtarish maqsadida oʻtgan yili Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumaniga koʻchirilib, oʻquv-moddiy bazasi takomillashtirilgan holda barcha kuch tuzilmalari va huquq tartibot idoralari harbiy xizmatchi va xodimlaridan iborat tinglovchilar uchun umumiy mashgʻulotlar va tayyorlov markazi boʻlish bilan birga, hamkorlikdagi oʻquv-taktik mashgʻulotlarini muntazam olib borishga moʻljallangan dala-poligoni sifatida, zamon talablariga mos ravishda barcha shart-sharoitlar yaratilganligi va kelgusida ham takomillashtirib borilishiga alohida urgʻu berildi.
Oʻz navbatida soʻzga chiqqan Nuroniylar kengashi raisi va Markaz boshligʻi tomonidan Davlatimiz rahbarining eʼtibori, “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” tamoyili asosida yaratib berayotgan keng imkoniyatlar tufayli Sirdaryo viloyatida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan yana bir ajoyib maskanning faoliyati yoʻlga qoʻyilganidan xursand ekanliklari, bundan albatta unumli foydalanishlari toʻgʻrisida soʻz yuritilib oʻz minnatdorligini bildirishdi.
Rasmiy ochilish marosimidan soʻng mehmonlar, markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan barcha imkoniyatlarga ega tinglovchilar yotoqxonasi, oʻqituvchi va yoʻriqchilar uchun xizmat xonalari, talab darajasida jihozlangan oʻquv sinflari, kutubxona, oshxona, askarlar yotoqxonasi, ochiq va yopiq sport majmualari, yopiq turdagi 100 metrli zamonaviy jangovar tir, jangovar va maxsus tayyorgarlikning amaliy mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun ochiq maydonda aholi yashash punktlari, oʻquv avtobusi, temir yoʻl vagoni va “Aerobus A-320” samolyoti va boshqa oʻquv obyektlarida olib borilayotgan hamkorlikdagi oʻquv mashgʻulotlar jarayonlari kuzatilib, harbiy xizmatchi va xodimlarning jangovar va maxsus tayyorgarlik koʻrsatkichlari yuqori darajada takomillashtirib borilayotganligining guvohi boʻlishdi.
Tadbir davomida Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan, viloyat kuch tuzilmalarida safdoshlariga namuna boʻlib kelayotgan bir qator harbiy xizmatchi va xodimlar hamda Sirdaryo viloyatida oʻz xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari, shuningdek, yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan tashkilot vakillari munosib ragʻbatlantirildi.

Text to speech