Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Respublikamiz boʻylab pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi reyd tadbirlari davom etmoqda

Joriy yilning 19 dekabr kuni olingan tezkor maʼlumotga koʻra, Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Marhamat tumanida istiqomat qiluvchi 37 yoshli SH.B.ning yashash xonadoni oʻrnatilgan tartibda xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi. Unda jami 220 dona "7 SHOS", 28 800 dona “Mikki maus”, 87 600 dona “Britanik” va 8 dona “Korolevskiy salyut” nomli taxminiy qiymati 37 000 000 soʻmlik pirotexnika vositalari borligi aniqlandi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shu kabi tezkor tadbirlar Qashqadaryo viloyatida ham oʻtkazilib, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan Qarshi shahrida yashovchi fuqaro P.N. tegishli 480 quti "Treniya", 2 790 kuti "Britanik" nomli taxminiy qiymati 50 million soʻmlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.

Shuningdek, Koson tumanida oʻtkazilgan tadbirda 18 yoshli A.B. 119 quti “Treniya” nomli pirotexnika vositasining blogini 130 000 soʻmdan sotmoqchi boʻlib turgan vaqtida ushlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, Milliy gvardiya Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor-tadbir davomida katta miqdorda tamaki mahsulotlari hamda pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qoʻyildi.

Oʻtkazilgan tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan fuqaro B.Y. boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasi Jizzax shahar “Eski shahar dehqon bozori” oldidagi turargohga kelib toʻxtagan vaqtida ushlanib, tekshirilganda avtomashina saloni va yukxonasida bojxona nazoratini chetlab olib kirilgan 996 dona qutida aksiz markasiz turli nomdagi tamaki mahsulotlari hamda 79 quti “Treniya” nomli pirotexnika vositasi borligi aniqlandi.

Umumiy qiymati 20 million soʻmlik tamaki va pirotexnika vositalari boʻyicha birlamchi protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, holat yuzasidan vaqtincha saqlovga olindi.

Aniqlangan tamaki mahsulotlari rasmiylashtirilishi uchun tegishliligi boʻyicha viloyat Bojxona boshqarmasiga yuborildi.

Text to speech