"RUHIYAT - MUVAFFAQIYAT KALITI"
Milliy gvardiyaning Chirchiq shahridagi harbiy qism va Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi "O‘quv psixologik markaz" mutaxassis psixologlari ishtirokida, harbiy xizmatchilar bilan o‘ziga ishonch hosil qilishida, har qanday holatda ham erkin muloqot qilishida, stressli vaziyatlarda qo‘rqinch hisini yengishida, do‘stlar bilan munosabatlarni yaxshilashda zarur bo‘lgan "O‘zingizni boshqara olasizmi", " Balki noyob odamdirsiz", "Odam, inson, shaxs" kabi psixokorreksion testlar olinib, psixodiagnostika ishlari amalga oshirildi.
Tadbir so‘ngida harbiy qism va markaz psixologlari o‘rtasida hamkorlik masalalari belgilab olindi.