SALOMATLIK - INSONNING ENG ASOSIY BOYLIGI
Kasallik holatlarining keskin ortib borayotganligi sababli aholining sog‘lig‘ini saqlash, infeksiyaning tarqalishi va ommalashishini oldini olish maqsadida shahrimiz bo‘ylab kengaytirilgan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yashnobod tumanlari hududida joylashgan savdo majmua va do‘konlari hamda aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida karantin bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
Olib borilayotgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari davomida sotuvchi va xaridorlarga tibbiy niqob, bir martalik qo‘lqoplar va antiseptik vositalarisiz savdo-sotiq ishlarini amalga oshirmasliklariga chaqirildi.