SAMARQAND VILOYATIDA XODIMLARNING ZIYRAKLIGI BOIS 3 YoSHLI QIZALOQ YAQINLARI BAG‘RIGA QAYTARILDI
Joriy yilning 24-iyun kuni soat taxminan 19:40 lar atrofida Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari biriktirilgan hudud atrofida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda, avtomobillar serqatnov yo‘lda taxminan 3 yoshli shaxsi nomaʼlum qizcha qarovsiz yurganligiga guvoh bo‘lishgan.
Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida ushbu qizaloq Bo‘ston mahallasida yashovchi O.Oning farzandi ekanligi aniqlandi.
Xodimlarning tezkor harakatlari tufayli qizaloq ota-onasi bag‘riga qaytarilib, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlarning oldi olindi.