Sarbaland bo‘l, Vatan bayrog‘i!
Bugun O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi tantanalari Respublikamizning barcha hududlari bo‘ylab nishonlanmoqda. Xususan, ana shunday tadbir Milliy gvardiya Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida ham ko‘tarinki kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Taʼkidlash joizki, ushbu qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan tadbirda boshqarmaning barcha shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Tadbir doirasida xalqimizning faxru iftixori bo‘lgan bayrog‘imizning shonli tariximizda tutgan o‘rni haqida so‘z borib, tashkil etilgan bayramona yurishlar bilan barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.