Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / /   Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

SERJANTLAR - MILLIY ARMIYAMIZNING TAYANCHI VA SUYANCHI

Milliy gvardiya tizimida xizmat qilib kelayotgan serjantlarning kasbiy mahorati hamda bilim-koʻnikmalarini oshirish maqsadida har yili "Serjantlar forumi" oʻtkazilishi anʼanaga aylangan.
Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik S.Mamayusupov raisligida boʻlib oʻtgan navbatdagi forumda, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashda serjantlar tarkibi, tizimning tayanchi hamda suyanchi ekanligi taʼkidlandi.
Mazkur forum videoselektor tarzida oʻtkazilib, unda sohaga oid mutasaddi rahbarlar, tizim faxriylari va serjantlar tarkibi ishtirok etishdi.
Tadbirda Milliy gvardiya tizimida serjantlar tarkibini tayyorgarligiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi va har qanday murakkab vaziyatlarda jismoniy hamda ruhiy sinovlarga bardosh bera oladigan, nostandart holatlarda mustaqil qaror qabul qilib, yuklatilgan vazifalarni aʼlo darajada bajarishga qodir boʻlgan kichik komandirlarni shakllantirish uchun barcha sharoitlar mavjudligi aytib oʻtildi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar tizimini modernizatsiya qilish, milliy armiyamizning professional tayyorgarligini yanada mustahkamlash boʻyicha belgilab berilgan bir qator chora-tadbir va aniq mexanizmlar asosida olib borilayotgan tizimli islohotlar aynan tizimdagi serjant va oddiy askarlarning har tomonlama yetuk oliy maʼlumotli ofitser kadr sifatida shakllantirishga qaratilayotganligiga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Ayniqsa, tizimda gendir tenglik taʼminlangan holda, ayollarni rolini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xizmatga qabul qilish borasida ham xotin-qizlarning koʻrsatkichini oshirish dolzarb masala ekanligi qayd etildi.
Shundan soʻng, Forum ochiq muloqot tarzida davom ettirildi. Unda Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo va boshqa hududiy boʻlinmalardan soʻzga chiqqan serjantlar tomonidan bugungi kunda harbiy xizmatchilarga hamda ularning oila aʼzolariga yaratilayotgan shart-sharoitlar alohida eʼtirof etilib, yaratib berilayotgan barcha imkoniyatlar mamnuniyat bilan tilga olindi. Ayniqsa, koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun berilayotgan imtiyozlar asosida yoshlar nufuzli taʼlim muassasalarida tahsil olayotganliklari yodga olindi.
Oʻz oʻrnida soʻzga chiqqan harbiy xizmatchilar, hozirgi kunda Milliy gvardiya qoʻmondonligi tomonidan serjantlarning jangovar, jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar, ular tomonidan Milliy gvardiya faoliyati bilan bogʻliq barcha vazifalarni aʼlo darajada bajarishga xizmat qilayotgani taʼkidlab oʻtildi.
Bugunda serjantlar nafaqat jismonan baquvvatligi, balki intellektual salohiyati, bir necha chet tillarini bilishi, erkin fikrlaydigan, ravon va mazmunli nutq qila olishlari bilan ajralib turadilar. Ushbu jihatlarni harbiylarimiz mart oyida Amerika Qoʻshma Shtatlari va Hindistonda oʻtkazilgan musobaqalarda amalda namoyon etib, birinchi oʻrinni egallaganliklari yana bir bor eʼtirof etildi.
Harbiy xizmatdagi faoliyatini sergak olib borishlari natijasida, fuqarolar xavfsizligi taʼminlanayotganligi hamda oʻzining fidokorona xizmatlari bilan safdoshlarga namuna boʻlayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar munosib ragʻbatlantirildi.
Shuningdek, poytaxtimizdagi Anhor kanalida choʻkayotgan fuqaroning hayotini saqlab qolishda jonbozlik koʻrsatgan ikki nafar harbiy xizmatchilar alohida tilga olinib, ular Milliy gvardiya qoʻmondoni va Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻiga asosan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Text to speech