SHOTOKAN KARATE-DO BO‘YICHA SPORT MUSOBAQASI
So‘ngi yillarda yurtimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash borasida bir qator ishlar amalga oshirimoqda. Xususan, Milliy gvardiya Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari va Shotokan karate-do assotsiatsiyasi Buxoro viloyat hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda sportchilar va mahalla yoshlari bilan “Mening vatanim, mening g‘ururim” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi.
Shotokan karate-do bo‘yicha sport musobaqasini o‘tkazishdan asosiy maqsad navqiron avlod o‘rtasida karateni yanada ommalashtirish, yoshlarni sohaga yo‘naltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iboratdir.
Tadbir so‘ngida musobaqada faol ishtirok etgan yoshlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.