Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

SHUBHALI SHAXS QO‘LGA OLINDI

Joriy yilning 15 may kuni soat 21.23 da Farg‘ona shahar IIB ga kelib tushgan xabarga ko‘ra shahar shifoxonasiga 1999 y.t. Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro A.Z. o‘tkir tig‘li jismdan qorin qismiga tan jarohati yetkazilgan holda olib kelingan.

Olib borilgan dastlabki surishtiruv davomida fuqaro A.Z. ni shu ahvolda yo‘lda ko‘rib qolib o‘z avtomashinasida shifoxonaga olib kelgan yo‘lovchi, bemorning so‘ziga ko‘ra o‘ziga tegishli Spark rusumli 40 V 097 NA davlat raqamli oq rangli avtomashinani nomaʼlum shaxs tomonidan kuch ishlatib olib ketilgani haqqida gapirib berganini maʼlum qilgan.

Holat yuzasidan Milliy gvardiya va viloyat IIB xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan tezkor tadbir davomida 16 may soat 4.50 da Farg‘ona tumani Damkul mahallasi hududida xabarda ko‘rsatilgan oq rangdagi Spark rusumli davlat raqami 40 V 097 NA bo‘lgan avtomashina to‘xtatilib haydovchi qo‘lga olingan. Avtomashina boshqaruvida bo‘lgan shaxs Quvasoy shahrida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro M.M ekanligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Text to speech