YANGI YILDA SPORT BILAN
Kuni kecha, Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan yoshlarning maktab taʼtili paytidagi bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish maqsadida, viloyatning Qamashi, Koson, Kasbi tumanlarida sportning qo‘l-jangi turi bo‘yicha “Yangi yilda sport bilan” shiori ostida musobaqa tashkil etildi.
Yoshlar o‘rtasida, sportning qo‘l-jangi turini ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish mustaqil O‘zbekistonimiz bayrog‘ini jahon arenalarida yana-da yuqoriroq ko‘tarilishiga xizmat qiladi.
Tashkil etilgan mazkur musobaqada, g‘olib va sovrindorlar Milliy gvardiya hamda tuman jismoniy tarbiya va sport bo‘limi masʼul xodimlari tomonidan munosib taqdirlandilar.