“SOS-O‘zbekiston Bolalar mahallalari” uyushmasi bilan Memorandum imzolandi
Joriy yilning 18 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va “SOS-O‘zbekiston Bolalar mahallalari” uyushmasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarni mustahkamlash maqsadida memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik S.Mamayusupov, uyushma direktori G.Abidova hamda boshqa bir qator masʼul xodimlar ishtirok etdi va tadbir avvalida qatnashchilarga Milliy gvardiya tizimida yaratilgan yangi boshqarma va unga bo‘ysunuvchi bo‘linma rahbarlari tanishtirib o‘tildi.
Suhbat davomida tomonlar kelgusida hamkorlikdagi tizimli ishlarni amalga oshirish rejalari to‘g‘risida kelishib oldi.
Mazkur memorandum Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini oilaviy muhitda voyaga yetishlarini hamda bu borada joriy qilingan yangi tizim bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga qaratiladi.