Milliy gvardiya xodimlari birovning uyiga derazani sindirib kirishga uringanlikda gumonlanuvchi shaxsni qo‘lga oshdi
11 avgust kuni soat chamasi 20:00da Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Navbahor MFY “Mustaqillik” ko‘chasidagi xonadonlarning biridan monitoring markaziga tashvish xabari kelib tushgan. Voqea joyiga tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari 3 daqiqada yetib borib derazani sindirib, xonadonga kirmoqchi bo‘lgan yigitni qo‘lga olishgan.
Qo‘lga olingan, 23 yoshli T. N. ichki ishlar organlari xodimlariga topshirildi. Mazkur hodisa yuzasidan tergovga qadar surishtiruv Gurlan tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.