Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya xodimlari mojaroning fojiali oqibatini oldini oldi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan "Eski Juva" bozorida xaridor va sotuvchi o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi. Mast bo‘lgan erkak, keyinchalik maʼlum bo‘lishicha, ilgari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi ("Qasddan odam o‘ldirish") bo‘yicha sudlangan, bozorda savdo qilayotgan ayolga pichoq bilan tahdid qilgan.

Hodisa joyiga jamoat joylarida huquq-tartibotni va fuqarolar xavfsizligini taʼminlayotgan Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xodimlari darhol yetib kelishdi.

Gvardiyachilar tomonidan tezkorlik bilan 70 yoshli M. R. ning qo‘lidagi pichoq olib qo‘yildi M. R. esa qo‘lga olinib, ichki ishlar bo‘limiga olib borildi. Tortib olingan pichoq ichki ishlar boshqarmasi xodimlariga ashyoviy dalil sifatida topshirildi.

Text to speech