SPORT BILAN SHUG‘ULLANIB KELAYOTGAN YoSHLAR MILLIY GVARDIYA QO‘MONDONLIGI TOMONIDAN RAG‘BATLANTIRILDI
Yosh avlodni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish orqali ularning sog‘lom turmush tarzi shakllantiriladi. Xususan Andijon viloyatidagi Qo‘l jangi sport majmuasida bolalar va o‘smirlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Milliy gvardiya qo‘mondonligi ishtirok etib sportchi yoshlar va ularga yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, sportda yuqori natijalarga erishgan bir qator sportchi yoshlar qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.