SPORTNING “KAMONDAN OTISH” TURI BO‘YIChA MUSOBAQA O‘TKAZILDI
Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha Qo‘riqlash boshqarmasi, Viloyat hokimligi va Farg‘ona harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda sportning “Kamondan otish" turi bo‘yicha o‘smir yoshlar o‘rtasida Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasi o‘tkazildi. Bellashuv davomida 100 ga yaqin sportchi yoshlar 50 metr, olimpik raund, miks hamda jamoa birinchiligi yo‘nalishlarida o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishdi. Musobaqa so‘ngida tashkilotchilar tomonidan g‘olib va faol jamoalar munosib rag‘batlantirildi.