SPORT SIRLARI
Mamlakatimizda ayni kunlarda, Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan sportni eng quyi bo‘g‘indan boshlab ommalashtirish yo‘lida bir qator sport federatsiyalari bilan birgalikda turli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Bugungi kunda taekvondo WTF, boks, karate, velosport, gandbol, sport kurashlari, suzish va boshqa sport turlari bo‘yicha mahorat saboqlari, ko‘rgazmali chiqishlar hamda sportchilar ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazilishi bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Navbatdagi mahorat darsi Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va “Dinamo” JTSJ tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda yoshlar va kattalar o‘rtasida Osiyo va Jahon chempionlari O‘zbekiston terma jamoasining yetakchi sportchilari, murabbiy va mutaxassislar yosh sportchilar uchun
Tadbir davomida sportchilarimiz bolajonlar uchun sport bilan qay tarzda shug‘ullanish kerakligini va chempionlikka qanday erishganliklari haqidagi qiziqarli maʼlumotlarni gapirib berishdi.
Sport va uning ixlosmandlari safini kengaytirish maqsadida o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar yosh avlodning ham maʼnan ham jismonan barkamol bo‘lib yetishishiga xizmat qilmoqda.