SPORTSEVAR YOSHLARGA MUNOSIB RAG‘BAT
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda qo‘l jangi sporti keng rivojlanib, ommalashib bormoqda. O‘z navbatida esa ushbu sport turi bilan shug‘ullanib borayotgan yosh avlod vakillarining soni ham ortib, tobora ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, bu borada yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida joylardagi Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan tashkil etilgan sport seksiyalarining ahamiyati nihoyatda beqiyos. Ularning intilishlarini munosib rag‘batlantirish maqsadida doimiy ravishda musobaqalar tashkil etilib iqtidorli yoshlar rag‘batlantirilmoqda.
Shu munosabat bilan joriy yilning 9 mart kuni Milliy gvardiya Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi sport saroyida tashkil etilgan sport seksiyalariga qatnashuvchi 6 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida sportning qo‘l jangi yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqada Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.Abdullayev ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarni qo‘mondonlik nomidan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.
O‘zgacha ruh va shijoat bilan o‘tgan musobaqa barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.