“Strandja” turnirida O‘zbekiston termajamoasi 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, medallar jamg‘armasi bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bolgariyaning Sofiya shahrida kichik jahon chempionati nomi bilan mashhur bo‘lgan “Strandja” xalqaro turnirida bokschilarimiz 6 oltin, 2 kumush va 6 bronza medalini qo‘lga kiritib, medallar hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqada 28 davlatdan 261 nafar sportchi (178 erkak, 83 ayol) ishtirok etdi.
Termajamoamiz uchun muhim g‘alabalarni keltirgan sportchilar orasida hamkasbimiz, Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi Iqboljon Xoldorov ham bor.
Sportchilarimizni yorqin g‘alabalari bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz va ularga bundan keyin ham sportda muvaffaqiyatlar va omad tilaymiz!