Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Surxondaryo viloyatida Milliy gvardiya qoʻmondoni general-mayor R.Djurayev boshchiligida, viloyat kuch tuzilmalari hamkorligidagi maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi

Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasida kuch tuzilmalari hamkorligidagi maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda Milliy gvardiya qoʻmondoni general-mayor R.Djurayev hamda viloyatning huquq tartibot idoralari rahbarlari ishtirok etishdi.
Mazkur oʻquv mashgʻuloti davomida, dunyoda yuz berayotgan turli xavf xatarlardan kelib chiqib,harbiy xizmatchi va xodimlarning yuqori jangovar shayligi, viloyatning hududiy xususiyati hamda shahar sharoitidagi nostandart vaziyatlarda ularning hamkorlikdagi aniq va ishonchli harakatlari, shuningdek, zamonaviy usullardagi boshqaruv tizimiga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir yakunida, viloyatdagi kuch tuzilmalarining oʻzaro hamkorligini yanada mustahkamlash, shaxsiy tarkibning jangovar va maʼnaviy tayyorgarligini Jahon tajribasiga mos ravishda takomillashtirib borish, komandir va boshliqlarning boshqaruvchanlik mahoratlarini yuqori darajaga olib chiqishga doir vazifalar belgilanib, tegishliligi boʻyicha topshiriqlar berildi.
Shu kuni davom etgan manzilli ishlar davomida, Milliy gvardiya qoʻmondoni harbiy xizmatchilarning xizmat uylaridagi yashash sharoiti bilan tanishgan holda ularning oila aʼzolari bilan yaqindan suhbatlashdi. Shundan soʻng, Milliy gvardiya tasarrufidagi Qorabayir otlari mahorat maktabi faoliyati bilan tanishib, hududda olib boriliyotgan qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi. Ushbu maskanda amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli rejalari yuzasidan mutasaddi rahbarlarning axborotlari tinglanib, sport komplekslarni tashkil qilinishi va aholini ayniqsa yoshlarni keng jalb qilish borasida muhim vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, Qorabayir otlari mahorat maktabidagi seksiya va klublar faoliyatini yanada takomillashtirish borasida masʼul rahbarlarga tegishliligi boʻyicha topshiriqlar yuklatildi.

Text to speech