O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasida Milliy gvardiya bo‘linmalaridagi mutaxassis-yo‘riqchilar bilan "Taktik-tibbiy tayyorgarlik" bo‘yicha o‘quv yig‘ini bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasida Milliy gvardiya bo‘linmalaridagi yangi "Taktik-tibbiy tayyorgarlik" fani bo‘yicha tayinlangan mutaxassis-yo‘riqchilar bilan bir haftalik o‘quv uslubiy yig‘in o‘tkazildi. O‘quv yig‘in davomida Akademiyaning professor o‘qituvchilari tomonidan mutaxassis-yo‘riqchilarning "Taktik tibbiyot" bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari, shuningdek ularning shaxsiy tarkibga soha bo‘yicha bilim berish bo‘yicha pedagogik mahoratlari ham oshirildi.