Talabalar ishtirokida “Jinoyatchilikka qarshi kurashish – haqiqat va adolat” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talaba-yoshlar uchun Milliy gvardiya mutaxassislari ishtirokida muhim va mazmunli uchrashuv tashkil etildi. Tadbir yoshlarni huquqiy ongini oshirish, fuqarolik mas’uliyatini kuchaytirish va jamiyatdagi jinoyatchilikning oldini olishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Uchrashuvda Milliy gvardiya ofitserlari hamda Jamoat xavfsizligi universiteti vakillari ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordilar. Tadbir davomida “Jinoyatchilikka qarshi kurashish – haqiqat va adolat” mavzusida ma’ruza o‘qildi. Ma’ruzada yoshlar ongida qonun ustuvorligi, huquqbuzarlikning oldini olish va jamiyat tinchligini saqlash masalalari batafsil yoritildi. Talabalar o‘zaro fikr almashish, savol-javoblar orqali mavzuni chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, uchrashuv doirasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan “Diqqat – piyoda!” profilaktik aksiyasi ham o‘tkazildi. Talabalarga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, hushyor bo‘lish va xavfsizlik choralariga amal qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Bu tadbir yoshlarni nafaqat huquqiy, balki amaliy jihatdan ham tayyorlashga xizmat qilmoqda.
Bu kabi tadbirlar yoshlarni mas’uliyatli va Vatanparvar fuqarolar etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.