Farg‘ona viloyatidagi 12-sonli Mehribonlik uyidan navbatdagi 3 ta tarbiyalanuvchilari o‘z ota –onasi bag‘riga qaytarildi.
Farg‘ona viloyatidagi 12-sonli Mehribonlik uyidan navbatdagi 3 ta oila: Berdiyev, Madraximov hamda Karimqulovlar oilasi 20 nafar tarbiyalanuvchilarni o‘z qaramog‘iga olib, xalqimizga xos ezgu ishga qo‘l urishdi va shu munosabat bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Farg‘ona viloyati hokimligi, Xalq talimi, Milliy gvardiya va viloyat harbiy prokuraturasi vakillari, shuningdek mahalla faollari ishtirok etishdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy qilingan yangi tizim bo‘yicha bugunga qadar Farg‘ona viloyatida 84 nafar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari oila sharoitiga va 11 nafar bolajonlar o‘z ota –onasi bag‘riga qaytarildi.