Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanlovida Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Musobaqaning ochilish marosimi ham yuqori shukuhda boshlanib, unda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Yoshlar ishlari agentligi vakillari, Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari va Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari jamoalari hamda masʼullari ishtirok etdi.

Shundan so‘ng, jamoalar o‘rtasida qiziqarli bahslarga start berildi. Dastlab sportchilar harbiylashtirilgan estafeta hamda harbiy-sport ko‘pko‘rashi shartlarida g‘oliblik uchun kurash olib borgan bo‘lsa, Voleybol bo‘yicha musobaqalar chinakam haqiqiy mardlik va matonat sinovi, halol va keskin bellashuvlar maydoniga aylandi. Qurolni to‘liq va noto‘liq qismlarga ajratishda yosh harbiylar juda ishonchli harakat qilib, g‘oliblik uchun mardonavor harakat qilishdi. Ikki kun davomida bo‘lib o‘tgan bahslarda o‘quvchi yoshlar o‘zlarini munosib ko‘rsata oldi. O‘q otish shartlarida aniq nishonga olish bo‘yicha Farg‘ona Temurbeklar maktabi o‘quvchilari yuqori ballarni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, milliy kurash bo‘yicha ham bir qator yoshlarimiz o‘zlarini tengsiz ekanligini isbot etdi.

Taqdirlash marosimida yoshlar masʼullar tomonidan munosib rag‘batlantirildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra umumjamoa hisobida 3-o‘rinni Ichki ishlar vazirligi Temurbeklar maktabi jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin Mudofa vazirligining Farg‘ona Temurbeklar maktabi yoshlariga nasib etdi, faxrli 1-o‘ringa bo‘lsa, Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari sazovor bo‘ldi.

G‘oliblarga musobaqa kubogi, diplom va esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi, shu bilan birga, o‘quvchilar turli nominatsiyalar bilan ham rag‘batlantirildi.

Ishonamizki, bu yoshlarimiz kelgusida haqiqiy Amir Temur avlodlari bo‘lib yetishib, vatanimizni munosib himoya qiladi.

Text to speech