Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

TEMUR BOBOM MENING FАXRIM

Joriy yilning 7 aprelь kuni Milliy gvardiya Fargʼona viloyati boʼyicha boshqarmasida buyuk bobokalonimiz Аmir Temur tavalludining 685 yilligiga bagʼishlangan “Temur bobom mening faxrim” mavzusida viktorina tanlovi oʼtkazildi, ushbu viktorinada Milliy gvardiyaga qarashli harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilaridan iborat “Аmir Temur vorislar” jamoasi, Fargʼona shaharida joylashgan 6-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabining “Yosh gvardiyachilar” jamoasi va Oltiariq tumanida joylashgan 14-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabining “Yosh temurbeklar” jamoalari ishtirok etdilar.
Tanlov quyidagi shartlarda oʼtkazildi:
1-shart. Аmir Temur xayoti va harbiy sanʼatini yoritish
2-shart. Аql charxi viktorinasi
3-shart. Bahodirlar bellashuvi:
- Tosh koʼtarish
- Turnikda tortilish”
- Estafeta 3x100
Turli shartlar boʼyicha bellashayotgan jamoalarni baholash uchun Fargʼona shahar birinchi sonli musiqa maktabi direktori oʼrinbosari M.Boltaboeva, Fargʼona shahar deputati B.Hamidov, Fargʼona davlat unversiteti katta oʼqituvchisi X.Holdorovlar ishtirok etdilar.
Oʼtkazilgan vitorinada faxrli 1-oʼrinni “Yosh temurbeklar” jamoasi, 2-oʼrinni “Yosh gvardiyachilar” jamoasi, 3-oʼrinni “Аmir Temur vorislari” jamoasi egalladi.
Ishtirokchilar diplom va qimmatbaxo sovgʼalar bilan taqdirlandi.

Text to speech