TERMIZ ARXEOLOGIYA MUZEYIGA TASHRIF
Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sektori tashabbusi bilan 12-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va o‘quvchi yoshlar uchun Termiz shahri bo‘ylab sayohat va Arxeologiya muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida yoshlar Surxon vohasining tarixi, madaniyati, urf-odatlari va anʼanalari bilan yaqindan tanishtirilib, qiziqarli maʼlumotlarga ega bo‘lishdi
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan birga yuksak va boy tarixiy merosimiz haqida bilimlarini boyitishdan iborat.