TINCHLIK YO‘LIDA QO‘SHGAN HISSANGIZ UCHUN MINNATDORMIZ
O‘zining betakror yoshligini urush yillarida tinchlik deya atalmish buyuk neʼmatga erishmoq uchun fido etgan faxriylarni yod etish, ularga ehtirom ko‘rsatish insoniylik burchidir.
Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan jasorat, matonat va mardlikni o‘zida mujassam etgan 105 yoshni qarshilagan Sharofiddin ota va Rahmonjon Rahimdjonovlar, 96 yoshli Abduxalil ota Toxirov, 97 yoshli Husanboy ota Mamatov va Qo‘chqorvoy ota Ismadiyorovlar xolidan xabar olindi.
Uchrashuvlar davomida nuroniylar tinch-osoyishta hayotning, ogohlikning qadri, farovon turmushning hikmati, fidoyilik kabi insoniylik fazilatlari xususida so‘zlab berdi.
Otaxonlar qo‘lini duoga ochib, avvalo yurtimiz tinchligi bardavom bo‘lishini, shuningdek mehr-oqibatli va saxovatli xalqimiz hamisha salomat bo‘lishini tiladilar.