“To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlavining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Bahorning ilk bayrami 8 mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Milliy gvardiya tizimida xizmat qilib kelayotgan ayol harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning hududiy bosqichida g‘olib bo‘lgan 16 nafar qizlar g‘oliblik uchun kuch sinashdilar. Hakamlarning yakuniy xulosasiga ko‘ra 3-o‘rinni Qashqadaryo viloyati boshqarmasi sharafini himoya qilgan Matyoqubova Umida egalladi, 2-o‘rin Buxoro viloyati boshqarmasi harbiy xizmatchisi Ibragimova Sitorabegim nasib etdi, faxrli 1-o‘rinni Sirdaryo viloyati boshqarmasi vakilasi Xamroqulova Moxinur egalladi. G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.