TO‘MARIS IZDOSHLARI
Joriy yilning 27 fevral kuni Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi ayollar o‘rtasida "8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami arafasida «To‘maris izdoshlari» deb nomlangan ko‘rik tanlov bo‘lib o‘tdi.
Ushbu ko‘rik tanlovning asosiy maqsadi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-maʼnaviy merosimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish, maʼnaviy barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishlarida ko‘maklashish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, faolligi va tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli, ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish, ularning o‘z aql-zakovatini namoyon etishlariga ko‘maklashish va o‘zaro sog‘lom raqobatni shakllantirish, jamiyatda ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda xotin-qizlar manfaatlari bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy masalalarini tizimli yo‘lga qo‘yish va munosib rag‘batlantirishdan iboratdir.
Mazkur bellashuvda hakamlar hayʼati tomonidan harbiy xizmatchi va xodimalarning sohaga oid bilimlari, bilim darajasi hamda tezkorlik, zukkolik va chaqqonliklari munosib baholandi.
Ko‘rik tanlov yakunida g‘oliblar rahbariyat tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan munosib taqdirlandilar.