Toshkent shahrida jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan Olmaliq shahrida yashovchi fuqaro qo‘lga olindi
22-iyul, shanba kuni Yashnobod tumanidagi supermarketlardan biriga kiraverishda “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasida (“O‘g‘rilik”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan 35 yoshli fuqaro E.B. Qo‘lga olindi. Ayblanuvchi Yashnobod tumani IIB ga olib ketilgan.