Toshkent viloyatida benzin mahsulotini o‘g‘irlashda gumon qilingan shaxslar aniqlandi
Qo‘shma tadbirlar davomida “Qo‘riqlash” bo‘limi, Yangiyo‘l Ichki ishlar organlari va Bosh prokuratura idoralari xodimlari tomonidan benzin o‘g‘irlashda gumon qilinayotgan neft va gaz mahsulotlarini qazib olish va qayta ishlash bilan bog‘liq korxonalarning bir guruh mansabdor shaxslari aniqlandi.
Joriy yilning 17 va 20 fevral kunlari yo‘l varaqalariga ko‘ra, "N.F.S. Avto Oil" MCHJ kompaniyasi "Premium Gold Oil Star" Mchjga 10 tonna benzin yetkazib berishi kerak edi. Biroq, MAN rusumli avtomashina tekshirilganda, umumiy qiymati 23 million bo‘lgan ortiqcha 3,3 tonna benzin mahsuloti borligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat bo‘yicha besh nafar mansabdor shaxsga nisbatan JK 2-qismi, “v” va “g” bandlari, 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.