Toshkent shahar IIBB va Milliy gvardiya xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi
Toshkent shahar IIBB tomonidan Bektemir tumani qo‘riqlash bo‘limi navbatchilik qismiga ushbu tumanda joylashgan “Xostel” mehmonxonalarining biriga qidiruvda bo‘lgan, 26 yoshli fuqaro A.E. joylashganligi to‘g‘risida xabar berilgan.
Olingan xabarga ko‘ra tuman qo‘riqlash bo‘limining tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari voqea joyiga yetib borib, ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu fuqaro qo‘lga olingan va tuman IIB ga o‘rnatilgan tartibda topshirilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda