Toshkentda erkin muomalaga chiqarilishi hamda sotilishi taqiqlangan dori vositalari sotuvchisi aniqlandi.
Joriy yilning 1-fevral kuni soat taxminan 14:30larda fuqaro B.S.ning arizasiga ko‘ra, Milliy gvardiya, DXX va M.Ulug‘bek tumani Departamenti hamkorligida tezkor tadbir olib borildi.
Tezkor tadbir natijasida Olmazor tumani Ko‘ksuv va Paxta ko‘chalari kesishmasida muqaddam sudlangan 41 fuqaro M.D. arizachiga, kuchli tasir etuvchi 40 dona “Regapen” nomli psixotrop dori vositalarini 1 560 000 so‘mga sotayotgan vaqt
da ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tadbir vaqtida M.D.ning yonidan 1 dona Chust pichog‘i topilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kuchli tasir etuvchi psixotrop dori vositalarini sotayotgan vaqtda unga nisbatan tajovuz bo‘lib qolsa o‘zini himoya qilish uchun olib yurgan.
Shuningdek, M.D.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 1 dona “Zarbekst” nomli dori vositasi va 1 035 000 so‘m pul topilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda