Toshkent viloyatida harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini o‘rganish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Bugungi kunda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini hal qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu o‘rinda, joriy yilning 15 avgust kuni Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasida Chirchiq harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolari bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Soha vakillarining oila aʼzolari o‘rtasida o‘tkazilgan sayyor qabulda asosiy eʼtibor, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilalardagi sog‘lom muhitni tashkil etish va mavjud muammolarni hal etishga qaratildi. Sayyor qabul ishtirokchilari masʼul xodimlardan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.