Toshkent viloyati hokimligi va Milliy gvardiya masʼul xodimlari tomonidan Zangiota tumanida yashovchi keksa yoshdagi hamda ehtiyojmand aholini moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda
Insoniylik, muruvvat kabi milliy qadriyatlarimizning yorqin namunasi hisoblangan muborak Ramazon mehr-oqibat, muhtojlar xolidan xabar olish kabi ezgu amallar bilan yana-da qadrlidir.
Xususan, Toshkent viloyat hokimligi vakillari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamkorlikda Ramazon hayiti munosabati bilan Zangiota tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari holidan xabar oldilar.
Bolalarga quvonch ulashish maqsadida ularga yozgi kiyim-kechak sovg‘a qilindi va bayram dasturxoni yozildi.