Toshkent viloyatidagi tog‘li hududlardagi dam olish maskanlarida jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar olib borilmoqda // Milliy gvardiya tizimi faxriylari hamda xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari xolidan xabar olindi. // O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan "Askar onalarini sharaflaymiz!” mavzusidagi tadbir tashkil etildi // Poytaxtimizdagi "Kinochilar uyida" Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” faoliyatiga oid “Vaʼda” nomli teleserialning taqdimoti bo‘lib o‘tdi // Yangi O‘zbekiston milliy armiyasi - mamlakatimiz tayanchi, xalqimiz faxri

 

Ўз O'z Ру En

TOVLAMACHILIK YO‘LI BILAN PUL TALAB QILGAN AYOL ANIQLANDI

Farg‘ona viloyati IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, ikkinchi mintaqaviy hududga kiruvchi Qo‘qon shahrida Milliy gvardiya, IIO FMB va DXX masʼul xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Joriy yilning 22 fevral kuni kelib tushgan ushbu xabar o‘rganilganda Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro T.M.dan Xo‘qandiy mavzesida yashovchi “Barno” ismli ayol o‘zi bilan birga jinsiy aloqa qilganligi holati tushirilgan video tasvirlar borligini va ushbu video tasvirlarni o‘chirib tashlashlik uchun 2.000 AQSH dollari miqdoridagi pulni talab qilganligi, agarda bu pullarni bermasa video tasvirlarni tarqatib, yaqinlariga ko‘rsatish orqali sharmanda qilishini aytib qo‘rqitib kelayotganligi maʼlum bo‘lgan.

Hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qo‘qon shahar Xo‘qandiy mavzesidagi ko‘p qavatli uylarning biri oldida o‘zaro kelishilgandek “Barno” ismli ayol va uning voyaga yetmagan jiyani Sh.R.lar birgalikda tovlamachilik yo‘li bilan fuqaro M.T.dan 2.000 AQSH dollari miqdoridagi pulni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Qo‘qon shahar IIB xodimlari tomonida olib borilgan dastlabki o‘rganishlar davomida “Barno” ismli ayol Qo‘qon shahrida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.O. ekanligi maʼlum bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

 

Text to speech