TUNGI VAQTDA MAKTAB BINOSIDA YURGAN SHAXS ANIQLANDI
Joriy yilning 15 aprel kuni tungi soat 02:35da Farg‘ona viloyatida Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi monitoring markaziga qo‘riqlov ostida bo‘lgan Quvasoy shaharda joylashgan o‘rta taʼlim maktablarning biridan “tashvish” xabari kelib tushgan.
Kelib tushgan xabarga asosan tezkor guruh yetib borganida, maktab hududida nomaʼlum shaxs maktab binosi oynalarini sindirganligi aniqlangan.
Quvasoy shahar IIB ga olib borilib, o‘tkazilgan dastlabki surishtiruv davomida ushbu shaxs Quvasoy shahrida yashovchi fuqaro V.S. ekanligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.