Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

TUNGI TALONCHILAR QO‘LGA OLINDI

Joriy yilning 10 avgust kuni tungi soat 00:12 da Angren shahar Qo‘riqlash bo‘limiga Bunyodkor ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat savdo do‘konlarining biridan tashvish xabari kelib tushgan.
Xabarga asosan zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan tezkor guruh xodimlari tomonidan do‘kon old qismining pastki oynasi singanligi aniqlangan. O‘g‘irlik maqsadida do‘konga kirib, voqea joyidan qochishga uringanlar tezkor guruh tomonidan qo‘lga olinib, shahar ichki ishlar bo‘limiga yetkazilgan.
Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida ushbu fuqarolar 1996 yilda tug‘ilgan S.G. va 1990 yilda tug‘ilgan D.N.lar ekanligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Angren shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Text to speech