Xivada “Qo‘riqlash” xizmati xodimlari bankka kelgan fuqaroda pnevmatik quroli borligini aniqladi
Xiva shahrida 12 avgust kuni soat 17.10 da shaharlararo “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari "Biznesni rivojlantirish banki" binosiga kirmoqchi bo‘lgan fuqaroni to‘xtatishdi. Mazkur fuqaroning qo‘lidagi sumkasini tekshirish jarayonida, uning ichida pnevmatik qurol borligi aniqlandi. 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro A. U. tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish uchun ichki ishlar organlari xodimlariga topshirildi. Olib qo‘yilgan qurol IIB ekspert kriminalistika bo‘limiga ballistik tekshiruv xulosasi olish uchun yuborilgan.