Uloq-ko‘pkari musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Samarqand tumanida yoshlarni bo‘sh vaqtini hamda taʼtil davrini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida uloq-ko‘pkari musobaqasi va olomon poygasi tashkil etildi. Samarqand viloyat ot sporti federatsiyasi, Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida Milliy gvardiya chavandozlari hamda ot sportiga qiziquvchi tuman yoshlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqaga mingdan ortiq sportsevar yoshlar tashrif buyurishdi. Jami 200 ga yaqin chavandozlar keng maydonda o‘zaro kuch sinashdi. Milliy urf-odatlarimiz, o‘yinlarimizni o‘zida aks etgan uloq ko‘pkari musobaqasi qizg‘in kurashlar ostida kechdi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.