Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Urganchda bank binosida pnevmatik to‘pponcha bilan qurollangan fuqaro qo‘lga olindi

Joriy yilning 11 iyul kuni soat 11.07 da Urganch shahar “Qo‘riqlash” bo‘limiga Navoiy ko‘chasida joylashgan “Xalq bank” filialidan “tashvish” signali kelib tushgan.

Olingan xabarga ko‘ra voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan tezkor harakatlanuvchi guruh tomonidan pnevmatik to‘pponcha bilan bank binosiga kirishga harakat qilgan fuqaro qo‘lga olingan.

Maʼlum bo‘lishicha bank filialida xizmat vazifasini olib borayotgan “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimi ushbu fuqaroni binoga kiraverishda ko‘zdan kechirish jarayonida payqab, to‘xtatib qolgan va tashvish tugmasi orqali xabar bergan.

O‘z vaqtida yetib kelgan tezkor guruh xodimlari tomonidan qo‘lga olingan ushbu fuqaro Urganch shahrida yashovchi X.A ekanligi maʼlum bo‘lgan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati “Qo‘riqlash” boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Text to speech