Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Qurolli kuchlar tizimida xizmat qilib kelayotgan ayol harbiy xizmatchi va xodimalari ishtirokidagi navbatdagi tadbir Farg‘ona viloyatida o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi hamda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida harbiy xizmatchilarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish borasidagi yangiliklarni yetkazish hamda mavjud muammolarini hal qilish maqsadida Milliy gvardiya boshqarmasi binosida ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbirga viloyatdagi kuch tuzilmalarda xizmat qilib kelayotgan ayol harbiy xizmatchi va xodimalar jalb qilindi.

Tadbirning ikkinchi qismida, Milliy gvardiya boshqarmasida tashkil etilgan 6000dan ziyod adabiyotlarga ega kutubxona hamda tarixiy va zamonaviy eksponatlardan tashkil etilgan muzey faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Text to speech