USTOZLARGA EHTIROM
Bugun O‘zbekiston taraqqiyoti bevosita taʼlim va tarbiyaga bog‘liq. Shu bois, davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida bu ikki ajralmas muhim bo‘g‘inga mustahkam poydevor yaratish, isteʼdod sohiblarini qo‘llab-quvvatlash, yosh avlod vakillarini jahon miqyosida kuchli mutaxassis etib shakllantirishdek ezgu maqsadlar mujassamdir.
Islohotlarning amaliy natijasi sifatida mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan bir qator ishlarni aytishimiz mumkin. Xususan, Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasiga briktirilgan Yangibozor tumanidagi 32-sonli o‘rta maktabda “Iqtidorimni namoyon qilaman” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan sohalarda o‘z isteʼdodlarini namoyon etdilar. Mazkur tadbir qatnashchilarda juda katta taʼsurot qoldirdi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz, sababi bir-biridan go‘zal kuy-qo‘shiqlar, Vatanni ulug‘lovchi sheʼrlar va sahna ko‘rinishlari tahsinga sazovordir. Tadbir so‘ngida yosh iqtidor sohiblari tadbir tashkilotchilari tomonidan taqdirlandilar.