HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR O‘RTASIDA O‘TKAZILGAN VOLEYBOL BO‘YICHA MUSOBAQA G‘OLIBLARI ANIQLANDI
O‘zbekiston Respublikasi “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining 2023 yili uchun ommaviy-sport tadbirlari kalendar rejasiga asosan, joriy yilning 20 fevral – 4 mart kunlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqasi o‘tkazildi. Bellashuv davomida 15 ta jamoa faol ishtirok etib, g‘oliblik uchun kuch sinashishdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra:
1-o‘rin – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining terma jamoasiga,
2-o‘rin – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining terma jamoasiga,
3-o‘rin – O‘zbekiston Prezident davlat xavfsizlik xizmatining terma jamoasiga nasib qildi.
G‘olib va sovrindorlar bo‘lgan terma jamoalar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom, esdalik sovg‘a va kuboklar bilan taqdirlandi.