O‘QUVCHI YoSHLAR ISHTIROKIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O‘TKAZILDI
Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasida o‘quvchi yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga bo‘lgan tuyg‘ularini yana-da mustahkamlash maqsadida, “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri va sport musobaqalari tashkil etildi. Harbiy orkestr va harbiy xizmatchilar tomonidan amalga oshirilgan saf chiqishlari tomosha qilishib, o‘zlari uchun katta taassurotlarga ega bo‘lishdi.
Tadbirning ikkinchi qismi o‘quvchi yoshlarni sportga qiziqishlarini oshirish maqsadida arqon tortish, tosh ko‘tarish, stol tennisi, shaxmat-shashka va kamondan otish turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Yakunda tadbirning faol ishtirokchilari va musobaqalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.